14 dek 07:27
Yangiliklar
Dzyudo

Isroildagi yig'in yakunlandi, endigi bekat - Albaniya!
O'zbekiston ayollar terma jamoasining ikki etakchi vakilasi - Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazovaning Isroilda tashkil etilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayotgani haqida malumot bergan edik.
Kecha Netanya shahrida o'tkazilgan ushbu yig'in yakuniga etdi. Bugun tong saharda dzyudochilarimiz Isroildan Turkiyaning Istanbul shahriga etib borishdi. Endi ularni Albaniyada tashkil etiladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini kutmoqda. Albaniyadagi yig'inda Evropaning bir nechta davlat terma jamoalarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda har ikki dzyudochimiz ham Tokio Olimpiadasi yo'llanmalari uchun kurash olib boryapti. Isroil va Albaniyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari yanvar oyida Dohada o'tadigan yilning dastlabki IJF turniri - Qatar "Masters"ga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar