09 okt 12:47
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari

Italiya 2026 yilgi O'yinlar uchun BMTga Olimpiya sulhini taklif qiladi
Xabaringiz bor, Qishki Olimpiya o'yinlari 2026 yilning fevral oyida Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampecco shaharlarida bo'lib o'tadi.
Musobaqa mezboni Italiya Olimpiya o'yinlari uchun BMTga sulh taklif qiladi. Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri va bosh vazir o'rinbosari Antonio Tayani malum qildi.
"Rim va Italiya tobora tinchlik, taraqqiyot va o'sish chorrahasiga aylanib bormoqda. Olimpiya o'yinlari munosabati bilan biz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha urushlar, jumladan, Ukraina va Yaqin SHarqdagi urushlar uchun Olimpiya sulhini tuzish taklifini kiritmoqdamiz", deya Tayanining so'zlarini keltiradi ANSA nashri.
Appenin yarim orolidagi Qishki Olimpiya o'yinlari 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : rbc.ru
Fikrlar