26 iyu 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Italiya MOQ rahbari mamlakatdagi siyosiy vaziyatning 2026 yilgi Olimpiadaga tasiri haqida gapirdi
Italiya Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) rahbari Jovanni Malagoning aytishicha, mamlakatdagi siyosiy vaziyat 2026 yilgi qishki olimpiya o'yinlarining Milan va Kortina-dʼAmpecco shaharlarida o'tkazilishiga tasir o'tkazmaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya bosh vaziri Mario Dragi o'z lavozimini tark etgan edi.
"Men ajoyib kayfiyatdaman va Dragining o'rniga saylanadigan inson echim topishiga umid qilaman.
Mamlakatimiz uchun yana bir muhim sahifa ochilmoqda. Ishda kechikishlar bo'ladi deb o'ylamayman. Ammo, biz doimo hukumat bilan aloqada bo'lishimiz kerak", — dedi Malago.
Inside the Gamesʼning xabar berishiga ko'ra, Olimpiada tashkilotchilari homiylardan 550 million evro olishni rejalashtirgan. Ammo hozircha hech qanday shartnoma tasdiqlanmagan. Italiyaning Il Fatto Quotidano nashri ham 2026 yilgi Olimpiya o'yinlarni moliyalashtirish bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkinligini xabar qildi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar