13 iyu 18:36
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi uchun o'z liboslarini taqdim etdi + FOTO
"Armani" Italiya terma jamoasi bilan London-2012 Olimpiya o'yinlaridan buyon hamkorlik qilib keladi.
Forma taqdimotida voleybol bo'yicha Rio-2016 kumush medali sovrindori Simon Janelli va badiiy gimnastika bo'yicha Tokio-2020 bronza medali sovrindori Alessia Maurelli ishtirok etdi.
Polo ko'ylaklari va futbolkalarida Italiya milliy madhiyasining boshlanishi tasvirlangan va pidjaklar ichida birinchi kupleti bosilgan.
"Italiya milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorligim 2012 yilda boshlangan va mamnuniyat bilan davom etmoqda.
Har doim sport kiyimlari uchun yangi echimlarni izlashdan ilhomlanaman. Ular uslubning nafisligi va amaliyligini uyg'unlashtirishi kerak.
Parij-2024 da Italiya terma jamoasini ajralib turishi va sportchilarimizga kuchli milliy o'ziga xoslik tuyg'usini etkazish uchun ishlab chiqilgan funkcional, ammo nafis liboslar yaratdim", - deydi Jorjio Armani.
Fikrlar