13 mar 12:00
Yangiliklar
Italiyada Parij Olimpiadasiga 5 ta yo'llanma qo'lga kiritgan bokschilarimiz Vatanga qaytishdi
Licenzion musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining jami 9 nafar bokschisi ham ishtirok etdi va yakunda Olimpiadaga 5 ta yo'llanma qo'lga kiritildi.
Etiborlisi, O'zbekiston erkaklar terma jamoasining barcha 7 nafar vakili Olimpiya o'yinlarining chiptasini rasmiylashtirgan. Bu degani O'zbekiston boks terma jamoasi Parijga to'liq tarkibda - 7 ta vaznning barchasida boradi.
Qizlarimizda hozircha 2 ta licenziya bor. Qolgan bokschilarimiz Tailanddagi so'nggi licenzion turnirda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishadi. Bugun tong saharda terma jamoamiz delegaciyasi Italiyadan yurtimizga qaytib keldi.
Italiyada Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan bokschilarimiz:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-80 kg: To'rabek Habibullaev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
Fikrlar