02 dek 09:29
Yangiliklar
IWF prezidenti Muhammad Jalud bilan uchrashuv o'tkazildi
Kecha IWF rahbari O'zbekiston Sport vazirligi va Milliy Olimpiya Qo'mitasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Dastavval, martabali mehmon “Olimpiya shaharchasi”ni aylanib, uning imkoniyatlarini shaxsan ko'zdan kechirdi va bu kompleks o'zbek sportining rivojini yangi bosqichga olib chiqishi haqida gapirdi. Hamkorlik masalalari ko'rib chiqilgan uchrashuvda janob Jalud mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan so'nggi islohotlar bilan tanishar ekan, ayni paytda o'tkazilayotgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqalari haqida o'zining ijobiy fikrlarini bildirib o'tdi.
Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda O'zbekiston va IWF o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, kelgusida nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilish borasida fikrlar almashildi.





Fikrlar