31 okt 11:05
Yangiliklar
Ixtiyor Navro'zov: “Igor SHkvirin shartnoma taklif qilgan”
Hozirgi kunda erkin kurashda nafaqat yurtimiz, balki jahonning ham ko'zga ko'ringan vakili hisoblanadi. Erishgan natijalari ham buni isbot qilib turibdi. Rio Olimpiadasidan avval ham bilan suhbatlashib, to'rt yillikning nufuzli turniriga qadar bo'lgan faoliyati haqida suhbatlashgan edik.
Bugun esa, bevosita Olimpiada taassurotlari, keyingi rejalari va hozirgi kundagi faoliyati haqida suhbat xurdik. Suhbat mobaynida uni qaytadan kashf qildim. Sababi, unda yulduzlik hissi umuman yo'q.
Kamtarin, xushchaqchaq, gapga ustaligiga esa qoyil qolasan kishi. Quyida uning yoshlikdagi oo'riqli holatlari va hozirgi kundagi shukronalik tuyo'usi jamlangan fikrlariga guvoh bo'lishingiz mumkin.
“News Arena” malumotnomasi
Ixtiyor Navro'zov - 1989 yil 5 iyulda Buxoro shahrida tavallud topgan. 12 yoshidan buyon erkin kurash bilan shuo'ullanib keladi. Ko'p karra O'zbekiston chempioni, Osiyo chempionatlari o'olibi va sovrindori, jahonning vice-chempioni, Rio-2016ning bronza medali sohibi.
CHempion bo'lmoqchi edim
Olimpiada g'olibligini qo'lga kiritish niyatida edim. Afsuski, Soslan Romanovga imkoniyatni boy berib qo'ydim. Jahon chempionatida uni yaqqol ustunlik bilan enggan edim. Lekin bronza ham vatandoshlarimni xursand qilganligidan baxtiyorman. Mag'lubiyatda o'zimni oqlamayman. Lekin bunga asosiy sabablar ham bor. Ushbu turnirda 10 kg vazn tashlagan edim. SHuning uchunmi, qandaydir holsizlanishlar yuzaga keldi. Nafaqat Soslanga qarshi umuman barcha raqiblarim bilan bo'lgan bahslarda ham shunday holat yuzaga kelgan edi. Balki bu tiklanish jarayonining noto'g'ri bo'lgani tufayli yuzaga kelgandir. Rossiyalik raqibimni sof g'alaba bilan ham mag'lub etishim mumkin edi. O'sha birinchi urinishimdayoq to'rt ballni qo'lga kiritdim. Aynan o'sha holatda raqibimni ushlab qololganimda, muddatdan avval g'alabani qo'lga kiritar edim. Afsuski, yuqorida aytib o'tgan omillar tufayli buni uddalay olmadim. Qolaversa, Soslanning ham jismoniy holati yaxshi edi.
O'sha mashhur bahs haqida
CHempionlik imkoniyati boy berilganidan so'ng, diqqat-etiborim bronzani qo'lga kiritish edi. CHunki yaxshi natijamni kutayotgan xalqimiz ko'z tikib turgandi. Buni chuqur anglagan holda bahsga kirishdim. Lekin mo'g'ul kurashchisi ham jiddiy hozirlik ko'rgan ekan. Axir sovrindor bo'lishni kim ham xohlamaydi. Sportda har-xil holatlar yuzaga keladi. Sport g'irromlikni yoqtirmaydi. Bu bahsni butun dunyo ko'rdi. Izohlab o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. Mag'lub bo'lganini o'zi ham bilar edi. SHuning uchun, o'zi kelib kuchli ekanligimni tan olib, tabrikladi.
Buxoro polvonlar yurti
Buxoro azaldan pahlavonlar yurti hisoblangan. SHu polvonlarning bir bo'lagi ekanimdan faxrlanaman. Hozirda ham, iqtidorli yoshlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Garchi kurashning turli yo'nalishlarida bo'lsa ham, Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, Rishod Sobirov, Rashid Qurbonovlarga o'xshagan kurashchi bo'laman, deganlar serob. Bunday sportchilar chiqishiga sabab, yuqorida aytib o'tganimdek, polvonzodalar sulolasi ko'pligidan va tajribali murabbiylarning say-harakatlari natijasidir.
Bolalikka nazar
Erkin kurashga kech kirib kelganman. Bu sport bilan 12 yoshimdan muntazam shug'ullana boshladim. Tengdosh amakivachchalarim avvalroq to'garakka borishar edi. Ular har doim, biz bilan yur, deb aytishardi. Lekin sharoitimiz u qadar yaxshi emasdi. O'sha paytlardayoq ishlar edim. Savdo-sotiq bilan shug'ullanardim. CHunki uydagilarga yaqindan yordam berishni xohlardim. Ishonasizmi, o'sha vaqtlar bitta sport poyafzali olish muammo bo'lgan. Ollohga shukr, oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug' ekan. Hozirgi kunda o'sha vaqtlarni tabassum bilan eslayman.
Jangari bo'lganman
Bolalikda jangari bo'lganman. Balki qobiliyatim yaxshi bo'lgandir. SHuning uchun, katta bolalar meni urishtirib yurardi. Bazan o'zimdan katta yoshlilar bilan ham jang olib borishimga to'g'ri kelgan. O'shanda yosh bola ekanmiz-da! Sen chayirsan, senga ularning kuchi etmaydi desa, o'zimdan 5-6 yosh katta, vazni ham uch–to'rt barobar og'irlar bilan ham urishavergan ekanman. Ana shunday kurashlardan keyingi ahvolimni tasavvur qilyapsizmi? (kuladi). Lekin bazan omadim ham kelib qolardi. Hatto tog'am ham qiziqib, to'garagingga o'zim pul to'layman, deb kikboksingga olib borgan. Ana shular meni oxirigacha kurashishga o'rgatgan bo'lsa, ajab emas.
Jahongir Poziljonov ashulasi haqida
Ochig'i, maza qilib eshitaman. Alohida tarif va o'ynoqi ruhdagi ashula bo'lgan. “Raqibing murabbiylarini echintirib yubording-ku, Ixtiyoyoyoyor”, degan joyida zavqim keladi. Kerak bo'lsa kuniga eshitaman, chunki bu o'ziga xos xotiralarni yodimga soladi. Kimlardir “Bojalar” guruhining ijodini qabul qila olmas. Lekin u o'ziga xos ijodkor. Ushbu ashulasi bilan bizni juda xursand qildi. Aslida ham ijodiga befarq emasman. Mashg'ulotlar davomida o'ynoqi ruhdagi ashulalar bizga yaxshi tasir qiladi. SHuning uchun bir qator repertuaridagi qo'shiqlar matnini ham bilaman. Unga ham omad tilayman. Muxlislari bundan-da ko'p bo'lsin! Sanatkorlar haqida gap ketar ekan, keling, yana kimlarning ijodiga qiziqishimni ham aytib o'tay. O'zbekiston xalq hofizi SHerali Jo'raev, unig farzandi SHohjahon Jo'raev, estrada xonandalari SHahzoda va Ulug'bek Rahmatullaevlarning ijodini hurmat qilaman.
Futbol o'ynashga qiziqaman
Erkin kurashdan tashqari, futbolga qiziqaman. Faqat o'zim o'ynashni yaxshi ko'raman. Tomosha qilishga esa sira toqatim yo'q. Yurak dosh bermaydi. Kerak bo'lsa, haftaning etti kunida do'stlarim bilan futbol o'ynagan kunlarim bo'lgan. Maqtanishga yo'ymanku-ya, lekin yomon o'ynamaysan, deyishadi. Igor SHkvirin bilan yaxshi munosabatdaman. Men haqimda ko'rsatuv tayyorlayotgan vaqtida, “Olmaliq” jamoasining “SHo'rtan” ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushganman. To'g'ri, 15 daqiqalar davomida to'p surganman, xolos. Lekin yo'qolib qolmaganman. Igor Anatolevich musobaqadan keyin kelsang, sen bilan shartnoma imzolaymiz, deya hazillashib ham qo'ygan.
Ukam izdoshim
Asta-sekin sportchilar oilasiga ham aylanib bormoqdamiz. Ukam Ibrohim ham ortimdan yo'limni tanladi. U har doim ko'makdoshim bo'lgan. Oilaviy muammolarni ham o'zi hal qiladi. Menga mutlaqo bildirmaydi. Sportdagi faoliyati ham chakki emas. Qulay tarafi shundaki, u bilan uyda ham mashg'ulotlar o'tay olaman. O'sishimda uning ham xizmati katta. O'zaro bellashuvlarda jiddiy raqobat tug'diradi. Aynan ushbu omillar ham meni foydamga ishlab kelmoqda. O'ylaymanki, kelajakda mendan-da yaxshi natijalarni qayd eta oladi.
Birinchi maoshi haqida
Birinchi maosh olgan kunimni hech yodimdan chiqarmayman. Xursandchilik ila onamga olib borganman. O'shanda xursand bo'lganini ko'rsangiz edi. CHunki bizni voyaga etkazguncha, qancha qiyinchiliklarni engib o'tgan. Onalar bor bo'lsin! Ularning matonati oldida bosh egaman. Hozirgi kunda ham qo'llab-quvvatlab keladi. Sportchining umri musobaqalarda o'tadi, yani oila davrasidan uzoqda. Qolaversa, jarohatlar olamiz. SHunday kunlarni ham sabot bilan engib o'tadi va yana meni ruhlantira oladi.
Ijtimoiy tarmoqlar haqida
Internet sportchining ham do'sti, ham dushmani desak, yanglishmayman. Internetga o'zimning sira toqatim yo'q. Lekin turli xil ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy profilimga egaman. Asosan chetga musobaqaga chiqqan vaqtimiz foydalanaman. CHunki uydagilar bilan gaplashish uchun qulay. Uyga kelsam, umuman foydalanmayman. Birorta do'stingiz bilan endi ko'rishib, uyga kirgan bo'lsangiz ham birozdan keyin qalay, deb yozadi. Bo'lmasam endi xayrlashdik-ku (kuladi). Yozmasangiz, ertasi kuni senga yozgandim, javob qaytarmading, deydi. SHuning uchun uyda umuman foydalanmayman.
Viloyat bo'ylab safarlar
Viloyat bo'ylab muxlislar bilan uchrashuvlardan endi bo'shadik. Ajoyib taassurotlar. Qiziqish juda yuqori. O'ziga xos dunyoqarashga ega iqtidorli yoshlarimiz bilan hamsuhbat bo'lish juda yoqdi. Har bir viloyatda o'zgacha kutib olishlar kishini zavqlantiradi. Garchi mashg'ulotlarga biroz xalaqit qilgan bo'lsa-da, biz bilan uchrashishni niyat qilgan yoshlarimizni ko'rib, barchasi unutildi. Aksincha, yanada kuchimizga kuch qo'shdi. Qolaversa, elimiz suygan sanatkorlar va aktyorlar bilan ushbu safar mobaynida qadrdon bo'lib ketdim. SHaxsan Abduxalil Mingnorov, Hamid Toshpo'latov, Ozodbek Nazarbekovlar inson sifatida ham yaxshi taassurot qoldirdi.
Dilda qolgan armoni
Birinchi Prezidentimiz bilan uchrashuv armon bo'lib qoldi. Ruhlari shod bo'lsin! Ishonasizmi, bu inson bilan uchrashishni 20 yil kutgandim axir. O'z qo'llari bilan tabriklashini juda xohlagan edim. U kishidan juda minnatdormiz. O'ylaymanki, yurtimizning har bir yoshining qalbida Islom Karimov mangu yashaydi va u boshlab bergan sharafli yo'lni davom ettiradi. Biz hech kimdan kam emasligimizni, aksincha, ustunligimizni har doim isbotlayveramiz.
Tokio-2020 haqida
Ushbu Olimpiadaga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz, desam mubolag'a bo'lmas. To'g'rirog'i, shaxsan men o'zim uchun boshlaganman. Rasman esa, yanvar oyida tayyorgarlik jarayonlariga kirishamiz. Bu yil hisobidan musobaqalarda ishtirok etmayman. Keyingi yili esa, Osiyo va jahon chempionatlari bor. Tokioda biroz yuqori vaznda ishtirok etishni mo'ljallab turibman. Nasib qilsa, yaxshi natijalarni qayd eta olaman. Niyatimdan qaytish istagim yo'q.
Ahmadbek Eshmatov tayyorladi, “News Arena” gazetasining 27-sonidan (2016 yil) olindi
Fikrlar