22 avg 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman! o'zbekistonlik sportchi Octagon League chempionlik kamari uchun jang qiladi
MMA bo'yicha Qozog'istonning Octagon League tashkiloti yarim o'rta vazn toifasidagi titul bellashuvini elon qildi.
Kamar uchun o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Saidotaxon Nuriddinov Qozog'iston vakili Bogdan Pshelbeskiga qarshi bahs olib boradi. Amaldagi chempion Georgiy Kichigin esa o'z kamarini vakant qoldirgani aytilgan.
Jang 7 sentyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkaziladigan Octagon 78 turnirining markaziy bellashuvi etib belgilangan.
Malumot uchun, Saidotaxon Nuriddinov faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Bogdan Pshelbeski hisobida esa 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar