22 avg 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev qachon jang qilishini aytdi
UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini qachon o'tkazishi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Keyingi jang? Bir yildan beri O'zbekistonda bo'lmadim. Oilaviy masalalarni hal qilib olishim kerak. SHuning uchun, nasib Doha yoki Las-Vegas - noyabr yo dekabr oyida jang qilaman", - dedi Nursulton Ro'ziboev.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 17 avgust kuni CHikagoda jang qilishi lozim edi. Lekin uning raqibi Brayan Battl vazn meyorini bajara olmagani uchun ushbu jang o'tkazilmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar