22 avg 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman: Virjil Ortisning navbatdagi jangi tasdiqlandi + POSTER
8 noyabr kuni AQSHning Texas shtatida prof boks oqshomi tashkil etiladi.
Golden Boy promouterlik kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlarda malum qilishicha, musobaqa doirasida super yarim o'rta vaznda amerikalik WBC vaqtinchalik chempioni Virjil Ortis ringga chiqadi. Unga o'sha kuni IBF kamariga davogar Erikson Lubin raqib bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Virjil so'nggi jangini fevral oyida o'zbekistonlik sobiq WBA chempioni Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : Golden Boy
Fikrlar