09 okt 08:08
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionati. Bugun 4 ta vaznda 5 dzyudochimizga muxlislik qilamiz (Juftliklar)
Italiyaning Sardiniya oroli Olbiya shahrida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun jahon chempionatining to'rtinchi kuni ayollar -78 va +78 kg, erkaklar esa -100 va +100 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadilar. Bugungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 5 nafar og'ir vazn toifasi vakillari jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi.
Jahon chempionati. To'rtinchi kun
-100 kg: Suhrob Rajabov - Bekaris Saduakas (Qozog'iston) birinchi davra
-100 kg: O'tkirbek To'raboev - Benjamin Matasey (Slovakiya) birinchi davra
+100 kg: SHohruh Mamarasulov - Omar Silva (Meksika) birinchi davra
QIZLAR
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Zanet Michaylidou (Kipr) birinchi davra
+78 kg: Fotima Kurambaeva - Erika Simonetti (Italiya) birinchi davra
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar