19 okt 13:23
Yangiliklar
Jahon chempionati. Bugun to'rt nafar dzyudochimiz medallar uchun kurashga kirishadi
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Hozircha eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'lib turibdi. Bugun jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslarida o'g'il bolalar -100 va +100 kg, qizlar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolaridan to'rt nafari bugun jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishishadi.
Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz:
-100 kg: Akrom Bo'ronov - Jombor Veg (Vengriya) birinchi davra
+100 kg: SHohrux Baxtiyorov - Tieman Diabi (Franciya) birinchi davra
+100 kg: SHohrux Mamarasulov - Abdulqodir Xichem Xached (Jazoir) birinchi davra
Qizlar:
-78 kg: Mohinisaxon Husanova - Nataliya Stanoevich (AQSH) birinchi davra
Fikrlar