So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

19 okt 20:20
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionati. Dzyudochilarimiz ishtiroklarini yakunlashdi, endi navbat jamoviy bahslarga!

Marokash davlati mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Afsuski, bugungi bahslarda ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining to'rt nafar azosi uchun jahon chempionati muddatidan avval yakunlandi. 

-100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Akrom Bo'ronov ilk davrada vengriyalik Jombor Vegga, +100 kg vazndagi dzyudochimiz SHohrux Mamarasulov jazoirlik Abdulqodir Xichem Xachedga imkoniyatni boy berdi. +100 kg vazndagi ikkinchi polvonimiz SHohrux Baxtiyorov franciyalk Tieman Diabini mag'lub etdi, lekin ikkinchi bosqichda germaniyalik Erik Abramovga yutqazdi. 

-78 kg vazn toifasidagi vakilamiz Mohinisaxon Husanova birinchi davrada AQSH sportchisi Nataliya Stanoevichdan ustun keldi. Ammo, ikkinchi bosqichda avstraliyalik Abigeyl Paduchga yutqazib, jahon chempionati bilan xayrlashdi. 

SHu tariqa, jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshodbek Yo'ldoshev kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo'ldi. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda braziliyalik Marselinoga yutqazib qo'ygan edi. Endi dzyudochilarimiz jamoaviy bahslarda ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing