So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

11 noy 12:07
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jahon chempionati o'tkazilmaydi, uning o'rnini boshqa musobaqa egalladi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmasligini malum qildi.

Avval xabar berilganidek, 12-20 dekabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilishi kerak edi. Lekin yakuniy qaror bo'yicha bir necha urinishlar oxir-oqibat besamar yakunlandi. UWW Byurosi jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha mavjud qoida va talablar yuzasidan bir qarorga kela olmadi. Bunga dunyodagi mavjud pandemik vaziyat yo'l qo'ymadi. 

5 noyabrgacha Birlashgan kurash dunyosiga azo barcha davlatlar jahon chempionatidagi ishtiroklarini tasdiqlashlari kerak edi. Musobaqa shartlarida orasida 2019 yilgi Nur-Sultandagi jahon chempionatida kuchli o'nlikdan joy olgan davlatlarning kamida sakkiztasi, shuningdek, o'tgan yilgi umumiy ishtirokchilarning 70 foizi Serbiyaga kelishi shart qilib qo'yilgandi. 

Afsuski, bu meyoriy talablar bajarilmadi. Aksariyat kuchli terma jamoalar jahon chempionatida qatnashishdan bosh tortishdi. Koronavirus pandemiyasi sabab ko'plab davlatlar o'z terma jamoalariga musobaqaga bormaslikni tavsiya qilgan. 

SHu tariqa, 12-20 dekabr kunlariga belgilangan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilmaydi. UWW bu musobaqaning o'rniga aynan shu sanalarda shaxsiy formatdagi Jahon Kubogini tashkil etadi. Musobaqaning sovrin jamg'armasi anchagina katta bo'lishi aytilmoqda. 

"Belgraddagi Jahon Kubogining umumiy mukofot jamg'armasi 300 000 SHveycariya franki miqdorida bo'ladi. Ushbu summa jami 30 ta vazn toifasidagi g'olib va sovrindorlarga bo'lib beriladi", — deydi UWW prezidenti Nenad Lalovich.

Darvoqe, Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ning hisobot-saylov konferenciyasi 2021 yilga ko'chirildi. 2020 yil yakunlariga bag'ishlangan konferenciya esa virtual-onlayn rejimda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing