30 avg 12:22
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatida ishtirok etadigan CHexiya tarkibi malum. Toshkentga ikki karra Olimpiada chempioni kelmoqda
6-13 oktyabr kunlari Toshkentda o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etishini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 37 taga etdi.
Jumladan, CHexiya terma jamoasi ham 9 nafar (6 erkak, 3 ayol) dzyudochidan iborat tarkibini elon qildi. Tarkibdan Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiadalari g'olibi, ikki karra jahon chempioni (2014, 2019) Lukash Krpalek ham bor.
CHexiya terma jamoasi tarkibi:
Ayollar
-57 kg: Vera Zemanova
-63 kg: Renata Zachova
+78 kg: Marketa Paulusova
Erkaklar
-60 kg: David Pulkrabek
-73 kg: Daniel Pochop
-81 kg: Adam Kopeki
-90 kg: David Klammert
-90 kg: Petr Jiri
+100 kg: Lukash Krpalek
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar