08 iyu 10:35
Yangiliklar
Jahon chempionatida medal qo'lga kiritgan davlatlar soni 9 taga etdi + JADVAL
Birinchi kungi bahslarda 6 davlat dzyudochilari shohsupaga ko'tarilgan edi. Kechagi kundan so'ng jahon chempionatining kamida bitta bronza medalini o'z hisobiga qo'shib qo'ygan mamlakatlar soni 9 tani tashkil etmoqda. Italiya, Isroil va SHveycariya terma jamoalari ikkinchi kungi bahslarda jahon chempionati medaliga ega chiqishdi.
Medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Dzyudo vatani vakillari 3 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallab turishibdi.
To'rtta oltin medaldan bittasiga Rossiya terma jamoasi ega chiqqan va tabiiyki, ular jadvalda ikkinchi pog'onadan joy olishgan. Kuchli uchlikka 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Ispaniya terma jamoasi yakun yasagan.
Fikrlar