03 sen 08:14
Yangiliklar

Jahon chempionatida tarix yaratgan o'smirlarimiz Vatanga qaytishdi
Muzaffar sportchilarimiz va ularning murabbiylarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vaziri o'rinbosari Murod Ismoilov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, federaciya mutasaddilari, dzyudochilarimizning oila azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, Sofiya tatamilarida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan Yaponiya, Gruziya, Ozarbayjon, Mo'g'uliston, IJF singari dunyoning 71 davlati orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, dzyudochilarimiz aralash jamoaviy bahslarda ham finalga qadar etib borib, ilk bor kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Fikrlar