13 iyu 18:30
Yangiliklar
Jahon chempionatidan 22ta oltin medal bilan
Quvonarlisi, taekvondochilarimiz jahon chempionati yakunida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalashdi.
Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 32 davlatidan 600 nafardan ziyod sportchilar medallar uchun dayanga chiqishdi. Terma jamoamiz tarkibida 50 nafar sportchi yurtimiz sport sharafini himoya qilgani etiborga molik holat.
Bahslar mobaynida til va massogi yo'nalishlarida Oynoz G'anieva, Behruz SHoniyozov, Umid SHog'iev, Abdug'ofur Ergashboev, Suhrob Komilov, Dilnoza Mahamadalieva, Furkat Bozorov, Bahodir Xolbekov, SHoxjahon Burxonov, Abdukozim Isroilov, Abdurauf Irisboev, Jasur Salimov, Oybek Mirzohidov, Xasan Rahmonov, Abdug'ofur Abdullaev, Farangiz Alievalar oltin medalga sazovor bo'lishdi. Yoshlar, kattalar hamda faxriylarimiz jami 22ta oltin, 16ta kumush, 34ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar