So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

27 avg 08:47
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionatiga 40 kun qoldi. Tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Teglar :  Jahon chempionati
Malumki, poytaxtimiz 6-13 oktyabr kunlari dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mamlakatimizda ilk bor o'tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqa yuqori darajadagi tayyorgarlikni talab etadi. Kecha Milliy Olimpiya qo'mitasida yilning eng muhim tadbiriga ko'rilayotgan hozirlik muhokama qilindi.

Unda MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi federaciya mutasaddilari, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov va Qo'mita xodimdari ishtirok etdi.

Dastavval musobaqaning tantanali ochilish marosimi, uning atrofida o'tkaziladigan tadbirlarning badiiy qismiga tayyorgarlik jarayoni ko'rib chiqildi. SHu o'rinda muxlislar uchun bir kichik sirni ochib o'tsak. Tadbirlar barchaning xotirasida unutilmas voqelik sifatida saqlanib qolinishi uchun katta ijodiy jamoa ish olib bormoqda. Koncert qismida o'zbek va jahon estradasining taniqli vakillari muxlislarga ko'tarinki kayfiyat ulashish uchun xizmat qilishadi.

Jahon chempionatiga 110 dan ziyod mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. SHubhasiz, bunday katta masshtabdagi tashrif buyuruvchilar bilan transport-logistika, maishiy xizmat ko'rsatish kabi yo'nalishlar bo'yicha ham alohida ishlash talab etiladi. Yig'ilish davomida mutasaddilar Xalqaro dzyudo federaciyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar, xorijiy OAV xodimlari uchun ajratilgan mehmonxonalar, ularga yaratiladigan sharoitlar xususida batafsil malumot berishdi.

Azizjon Kamilov davlatimiz mana shunday nufuzli musobaqaning tashkil etilishini har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgan ekan, uni yuqori saviyada o'tkazish lozimligi, bu mamlakatimiz imijini butun dunyoga ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatligini eslatib, barcha masullardan o'z vazifalariga masuliyat bilan yondashishni so'radi. SHuningdek, federaciya shifokorlariga sportchilarimizning salomatligini, ovqatlanish racionini qattiq nazoratga olish bo'yicha alohida ko'rsatma berdi.

Tadbir davomida musobaqani katta hajmda yoritish, nafaqat poytaxtimiz, balki viloyatlardagi dzyudo muxlislarini o'ziga xos sport bayramiga jalb qilish, ko'rkam “Humo arena” atrofida milliy hunarmandchilik burchaklarini tashkil etish kabi masalalar ham atroflicha ko'rib chiqilib, ish jarayonini yanada kuchaytirish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing