01 iyu 08:08
Yangiliklar
Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Yurtimizda ilk bor tashkil etiladigan ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
Dunyoning yuzdan ziyod davlati dzyudochilari ishtirokida o'tadigan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish, yurtimizga keladigan mehmonlar uchun barcha qulayliklarni muhayyo etish, ularning yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun hozirdanoq zaruriy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida Azizjon Kamilov boshchiligida o'tgan jahon chempionati ishchi guruhining navbatdagi majlisida ham ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jahon chempionatining ramzi, timsoli va posteri uchun jo'natilgan eskizlar ko'rib chiqildi.
Ishchi guruhning har bir azosiga zimmasiga yuklatilgan vazifalarga masuliyat bilan yondashish lozimligi aytildi.
Fikrlar