18 iyu 07:01
Yangiliklar

Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi + FOTO
Yurtimizda ilk bor tashkil etiladigan ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
Dunyoning yuzdan ziyod davlati dzyudochilari ishtirokida o'tadigan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish, yurtimizga keladigan mehmonlar uchun barcha qulayliklarni muhayyo etish, ularning yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun hozirdanoq zaruriy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tgan Azizjon Kamilov boshchiligida jahon chempionati ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishda ham ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon chempionati ishtirokchilari (sportchi, murabbiy, hakam), faxriy mehmonlar, delegaciyalarni kutib olish hamda mehmonxonalarga joylashtirish, ularga yuqori servis xizmatini ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.
Ishchi guruhning har bir azosiga zimmasiga yuklatilgan vazifalarga masuliyat bilan yondashish lozimligi aytildi.
Fikrlar