05 apr 08:58
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatiga tayyorgarlik Yaponiyada davom ettiriladi
Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Tokiyo shahrida o'tkaziladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Kunchiqar yurtga jo'nab ketdi.
Ushbu yig'in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg'ulotlar 19 aprelga qadar davom etadi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi esa 7 aprel kuni Yaponiyaga yo'l oladi.
Tokioga yo'l olgan tarkib:
Dilshodbek Baratov, Kamoliddin Baxtiyorov, Sardor Nurillaev, Muhriddin Tilovov, Obidxon Nomonov, Murodjon Yo'ldoshev, Muso Sobirov, Davlat Bobonov, Jahongir Mamatrshimov, Muzaffarbek To'raboev, Alisher Yusupov, SHohruh Baxtiyorov.
Murabbiylar: Ilias Iliadis, Nurali Qobulov, Ulug'bek Azizov
SHifokor - Aziz Qayumov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar