12 iyu 15:09
Yangiliklar
Jahon chempionatini 1 ta kumush medal bilan yakunladik. Endi navbat jamoaviy bahslarga!
Hozirgina eng so'nggi umidimiz - Bekmurod Oltiboev (+100 kg) uchinchi davra uchrashuvida niderlandiyalik Roy Meyerga imkoniyatni boy berdi. Bu Bekmurodning ushbu jahon chempionatidagi birinchi bahsi edi. SHuning bilan O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionati yakkalik bahslaridagi ishtiroki yakunlandi. Davlat Bobonovning kumush medali yagonaligini saqlab qoldi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Hikmatulloh To'raev (-73 kg) va SHarofiddin Boltaboev jahon chempionatini kuchli beshlik hamda qimmatli 720 reyting ochkosi bilan tugatishdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining jamoaviy bahslarida ishtirok etadi. Ilias Iliadis shogirdlari qura natijasiga ko'ra ilk bosqichda mezbonlar - Vengriya terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqadilar. G'alaba qozongan taqdirimizda chorak finalda Braziliya - Qozog'iston juftligi g'olibiga ro'baro' bo'lamiz.
Fikrlar