25 avg 09:32
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatini medal bilan boshladik + FOTO
Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk kungi bellashuvlari ortda qoldi.
Dunyoning 61 davlatidan 492 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan dunyo birinchiligida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham medallar uchun bahs olib boryapti. Ilk kungi bellashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz medallar uchun tatamiga chiqqan bo'lsa, ulardan Umidaxon Burxonjonova jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.
-44 kg vaznda kurashgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda mo'g'ulistonlik Jamiyan Enkxbulagni mag'lubiyatga uchratdi.
-44 kg vazn g'olib va sovrindorlari:
1. Vera Vandel (Niderlandiya)
2. Zeynep Sarikaya (Turkiya)
3. Umidaxon BURXONJONOVA (O'zbekiston)
3. Rebekka Valeriani (Italiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar