03 okt 08:09
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatining birinchi kunidan so'ng nechanchi o'rindamiz?
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining birinchi kuni ham ortda qoldi.
Kechagi kun doirasida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Murodil Murodillaev terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. O'zbekiston terma jamoasi 67 davlat orasida umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olgan. Bizdan yuqorida turgan Braziliya hisobida ham bitta bronza medali bor.
Kutilganidek, medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi mutlaq etakchi. Dzyudo vatani vakillari ilk kungi bahslarda 3 ta oltin, 3 ta kumush medal qo'lga kiritishdi. Bitta oltin medalga ega Xitoy terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, keyingi pog'onalardan Tojikiston va Italiya terma jamoalari joy olishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar