04 okt 09:18
Yangiliklar
Jahon chempionatining ikkinchi kunidan so'ng nechanchi o'rindamiz?
Kechagi kun doirasida -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mardon Ravshanov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. Birinchi kungi bahslarda Murodil Murodillaev ham bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 67 davlat orasida umumjamoa hisobida 7-o'rinni egallab turibdi. Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Dzyudo vatani vakillariga hech kim eta olmasligi deyarli oydinlashdi.
Bitta oltin va kumush medalga ega Xitoy terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kecha 1 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgan francuzlar uchinchi pog'onaga ko'tarilib olishdi. Bizdan avvalgi o'rinlardan Italiya, Tojikiston va Braziliya terma jamoalari joy olgan. Jami 11 ta davlat kamida bittadan bronza medaliga ega bo'lib turibdi.
Fikrlar