So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

17 okt 09:17
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionatining ilk kunidagi eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi

Marokash davlatida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi deyarli to'liq (birgina +78 kg vaznda bizdan sportchi qiz yo'q) tarkib bilan ishtirok etyapti. Erkaklar o'rtasidagi +100 kg, ayollarda esa -57 kg vaznda O'zbekistondan ikki nafardan dzyudochi tatamiga chiqadi.  

Jahon chempionatida o'g'il bolalar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg, qizlar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +78 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Kecha jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Kecha jahon chempionatining birinchi kunida jami 4 ta vazn toifasida medallar uchun bellashuvlar tashkil etildi. O'zbekistonlik dzyudochilardan eng yaxshi natijaga -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshodbek Yo'ldoshev erishdi. U bronza medali uchun kechgan bahsda avvaliga qozog'istonlik Ermek Amangeldini mag'lub etdi. Keyin esa braziliyalik Marselinoga yutqazib qo'ydi va 5-o'rin bilan kifoyalandi. 

-60 kg vazndagi dzyudochimiz Bobur Badjiev ilk bosqichda yaponiyalik Ken Suemacuga, -48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Yulyana Masketbaeva marokashlik CHaymay Eddinariga imkoniyatni boy berdi. -52 kg vazndagi Sita Qadamboeva vengriyalik Timea Kardoshdan ustun keldi. Lekin uchinchi davrada mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga yutqazib qo'ydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing