01 okt 18:57
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatining jamoaviy miks bahslarida 17 davlat ishtirok etadigan bo'ldi
Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining so'nggi kuni (13 oktyabr) jamoaviy miks bahslari o'tkaziladi.
Ushbu bellashuvlarda dunyoning 17 davlati terma jamoalari (280 nafar umumiy ishtirokchilar soni, 170 erkak, 110 ayol) medallar uchun tatamiga chiqadi va tabiiyki ular orasida O'zbekiston ham bo'ladi. O'tgan yili Vengriyaning Budapesht shahrida o'tgan jahon chempionatining jamoaviy miks bahslarida O'zbekiston tarixda ilk bor bronza medaliga ega chiqqandi.
Jamoaviy miks musobaqasi ishtirokchilari: Avstriya, Belgiya, Braziliya, Kuba, Dominikan Respublikasi, Franciya, Gruziya, IJF bayrog'i ostidagi jamoa, Isroil, Yaponiya, Qozog'iston, Mo'g'uliston, Niderlandiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Ukraina, O'ZBEKISTON.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar