10 iyu 12:17
Yangiliklar
Jahon chempionatining to'rtinchi kun qahramonlari + FOTO
Kecha dunyo birinchiligida erkaklar -81, ayollar esa -63 kg vazn toifasida medallar hamda Tokio Olimpiadasining so'nggi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi.
Ayollar o'rtasida franciyalik Klariss Agbenenu, erkaklarda belgiyalik Mattias Kasse jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Yarim finalda aynan Kassega vazari bahosi bilan yutqazgan dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev esa jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi.
To'rtinchi kunning g'olib va sovrindorlari:
Ayollar. -63 kg vazn toifasi
1. Klariss Agbenenu (Franciya)
2. Andrea Leski (Sloveniya)
3. Anya Obradovich (Serbiya)
3. Sanne Vermeer (Niderlandiya)
Erkaklar. -81 kg vazn toifasi
1. Mattias Kasse (Belgiya)
2. Tato Grigalashvili (Gruziya)
3. Frank De Vit (Niderlandiya)
3. Anri Egutidze (Portugaliya)
5. SHarofiddin Boltaboev (O'zbekiston)
5. Sotaro Fujivara (Yaponiya)
Fikrlar