23 may 11:58
Yangiliklar
Jahon chempionatining to'rtinchi kunidan so'ng nechanchi o'rindamiz?
To'rtinchi kun doirasida 3 ta vazn (erkaklarda -90, ayollarda -70, -78 kg) toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Gruziyadan so'ng Yaponiya terma jamoasi ham jahon chempionatidagi ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritdi va tabiiyki turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi.
Kecha yana ikki davlat - Franciya va Germaniya jahon chempionatining oltin medaliga ega chiqdi. SHu kungacha Yaponiya, Italiya, Mo'g'uliston, Niderlandiya, Koreya Respublikasi va Ozarbayjon terma jamoalari dzyudochilari jahon chempionatining oltin medalini rasmiylashtirib ulgurgandi.
SHu tariqa, kamida bir nafar jahon chempioniga ega davlatlar soni 9 taga etdi. Bittadan kumush va bronza medaliga ega Kanada terma jamoasi 10-o'rinni band etgan bo'lsa, O'zbekiston delegaciyasi 1 ta kumush medal evaziga 11-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar