27 avg 09:50
Yangiliklar
Dzyudo
Jahon chempionatining uchinchi kuni 3 ta medal qo'lga kiritildi
Bosniya va Gercegoviniyaning Saraevo shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari ham ortda qoldi.
Quvonarlisi, kechagi kun qahramonlari orasida uch nafar dzyudochimiz ham shohsupaga ko'tarildi. Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Alisher Samanov (-81 kg) kumush medalni qo'lga kiritdi. Xurshida Razzoqberdieva (-63 kg) Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar