05 okt 08:46
Yangiliklar
Jahon chempionatining uchinchi kunidan so'ng uchta medal bilan nechanchi o'rindamiz?
Kechagi kun doirasida -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Alisher Samanov terma jamoamizga uchinchi bronza medalini taqdim etdi. O'zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medali bilan 67 davlat orasida umumjamoa hisobida 9-o'rinni egallab turibdi.
Medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi juda katta ustunlik bilan mutlaq etakchi. Dzyudo vatani vakillari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishgan. Bitta oltin, 2 ta kumush medalga ega Xitoy terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka franciyalik dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakun yasashgan.
Bizdan avvalgi pog'onalardan Avstriya, Gruziya, Italiya, Tojikiston va SHveycariya terma jamoalari joy olishgan. Jami 18 davlat terma jamoalari hisobida kamida 1 tadan bronza medali bor. Besh davlat oltin medalga ega bo'lib turibdi.
Fikrlar