So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

06 sen 12:44
Yangiliklar

Dzyudo

Jahon chempionatlari qahramonlari taqdirlanishdi FOTOREPORTAJ

Yaqinda O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari mos ravishda Bosniya va Gertsegoviniya hamda Ekvadorda o'tkazilgan jahon chempionatlarida munosib tarzda qatnashib, tarixiy natija bilan yurtimizga qaytib kelishgan edi.

Tohir Fayziev murabbiyligidagi o'smirlarimiz dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-o'rinni egallagandi. Jamaoviy mikst bahslarida esa ilk bor bronza medali qo'lga kiritilgan edi. 

Kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olib va sovrindorlari:

Oltin medal

-70 kg: Barchinoy Qodirova 


Kumush medallari 

-52 kg: So'g'diyona Rafkatova 

-66 kg: SHohjahon Otaboev 

-81 kg: Alisher Samanov 

-90 kg: Abbos SHermahmatov 


Bronza medallari

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova 

-63 kg: Xurshida Razzoqberdieva

-73 kg: Samariddin Muhibiddinov


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi esa Ekvador davlati mezbonligida o'tgan jahon chempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan joy olgandi.   

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olib va sovrindorlari:

Oltin medal

-90 kg: Jahongir Mamatrahimov 


Kumush medal 

-66 kg: Azizbek Ortiqov 


Bronza medal

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva 

+100 kg: Islombek Ravshanqulov

Kecha ikki jahon chempionatida yurtimiz sharafini sharaflagan dzyudochilarimiz hamda ularning murabbiylari O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Federaciya rahbariyati terma jamoa shifokorlari va masajistlarini ham esdan chiqarmadi.  

Bayramona tarzda o'tgan marosimda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov, murabbiylar, dzyudochilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing