08 iyu 19:05
Yangiliklar
Jahon chempioni, deputat Georgiy Zantaraya dzyudochilarimizni yo'qlab kelibdi + FOTO
Bu yil oktyabr oyida 37 yoshga to'ladigan Zantaraya Ukrainaning eng sovrindor dzyudochisi hisoblanadi. U Rishod Sobirov singari -60 va -66 kg vazn toifalarida uchta Olimpiadada ishtirok etgan. Birgina farqi Sobirov uchchala Olimpiadada bronza medalini qo'lga kiritgan. Georgiy esa har uchchala safar ham medalsiz qolgan.
2010 yili dzyudo vatani Yaponiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatining finalida Rishod Sobirov azaliy raqibi Zantarayani mag'lub etib, faoliyatida ilk bor oltin medalni qo'lga kiritgandi. Zantaraya o'shanda Tokioga amaldagi jahon chempioni sifatida tashrif buyurgandi. Ukrainalik dzyudochi 2009 yili Rotterdammda jahon chempioni bo'lgan edi. U yana 4 martta jahon chempionatining bronza medaliga ham ega chiqqan. Ikki karra Evropa chempioni hamda Evropa o'yinlari g'olibi hisoblanadi.
Fikrlar