05 iyu 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. SHohasan Mirzamatov Toshkentda chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)
Octagon League navbatdagi turnirini anons qildi.
Malum bo'lishicha, 6 iyul kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 75 turniri tashkil etiladi. Oqshomning markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasining amaldagi chempioni, qozog'istonlik Georgiy Kichigin hamda hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov o'rtasida kechadi.
CHempionlik jangi 5 raundga mo'ljallangan. Aslida yakkakurash ustalari avvalroq ikki marotaba jang qilishi belgilangan, lekin har ikki safar ham bu janglar bekor bo'lgandi.
Malumot uchun, Mirzamatov faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, Georgiy Kichigin hisobida 32 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar