So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

20 apr 08:07
Yangiliklar

Gimnastika

Jahon kubogi bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Bugun poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi start oladi.

Poytaxtimizdagi gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida badiiy gimnastikachilarimiz tomonidan tayyorlangan turli ko'rgazmali chiqishlardan iborat dastur namoyish etildi. Yosh gimnastikachilarning mahorat bilan, kuy-qo'shiqlar sadolari ostida namoyish etgan ko'rgazmali chiqishlari tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi. 

 Musobaqaning tantali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat gimnastika federaciyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimida so'zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi: 

“Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yig'iladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan juda mamnunmiz. Ishonchim komilki, Toshkentda o'tkazilayotgan badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi eng yuqori saviyada o'tadi va uning barcha ishtirokchilari o'zlarining  yuksak mahoratlarini namoyish etishadi.”– dedi O.Qosimov

Eslatib o'tamiz, dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar to'plangan. Ishtirokchilarning 39 nafari o'zlarining yakkalik dasturini namoyish etishadi. 6 jamoa guruh bahslarida ishtirok etishadi.

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Vatanimiz sharafini yakka holda istedodli murabbiy Liliya Vlasovaning ikki nafar shogirdi - Sabina Toshkenboeva va Ekaterina Fetisova, guruh mashqlarida esa Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Ekaterina Pirojkova hamda Rano Muhamedova rahbarligida Nilufar SHomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoevalardan iborat jamoa himoya qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing