16 iyu 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon kubogi. Ikki nafar bokschimizning jangi yakunlandi, bugun yana 3 nafar bokschimiz jang qiladi
Bugungi dasturga ko'ra boks bo'yicha Xitoydagi Jahon kubogi doirasida 5 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Ularning ikki nafari hozircha o'z jangini o'tkazib bo'ldi. Saitoxunov imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Abdurahimov 3-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
-65 kg: Mirkomil Saitoxunov - Bat Ulzii (Mo'g'uliston) - Mirkomil 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Lin Liu (Xitoy) - 3-raundda texnik nokaut evaziga Javohir g'alaba qozondi
Bugun kechki dasturda yana 3 nafar bokschimiz jang qiladi:
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva - Viviane Pereira (Braziliya) 17:00 B ring
-75 kg: Aziza Zokirova - Sueon Seong (Janubiy Koreya) 18:00 B ring
-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Nurbek Oralbay (Qozog'iston) 18:30 A ring.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar