11 sen 02:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahongir Zokirov ham Jahon chempionati yarim finaliga yo'l oldi
Liverpulda davom etayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatida 8-kun bahslari o'z yakuniga etdi.
Musobaqada eng og'ir +90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov chorak finalda Norvegiya vakili Omar SHihaga qarshi jang o'tkazdi.
Bahs to'liq 3 raund davom etdi va unda Jahongir to'liq ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.
Jahongir bungacha mazkur JCH doirasida chorak finalga chiqish uchun Jazoir va Germaniya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi yarim finalda u Xitoy vakili Danabike Baikuziga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar