08 dek 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahongir Zokirovning qozog'istonlik raqibga qarshi jangi yakunlandi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada yarim final bellashuvlari o'z yakuniga etdi.
Bahslarda +92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov yarim finalda qozog'istonlik Aybek Oralbayga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda yurtdoshimiz 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, Jahongir musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar