24 fev 12:39
Yangiliklar
Tennis
Jahonning 9-raketkasi Doha turniri 1/2 finalida o'ynaydi
Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tayotgan tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi turnirning yana bir yarim finalchisi malum bo'ldi.
Jahonning 9-raketkasi kanadalik Feliks Oje turnirning 1/4 finalida ATR reytingida 31-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokinaga qarshi bahs olib bordi.
Bir soatu 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda Oje raqibini 6/4, 7/6(5) hisobida mag'lub etib, musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. SHu tariqa, Feliks o'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan hisobdagi farqni yanada yiriklashtirdi - 5:0.
Endi kanadalik tennischi Qatar ExxonMobil Open turnirining 1/2 finalida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar