So’nggi yangiliklar

00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 20:22Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилади! UFC 333 турниридан ОНЛАЙН 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0

03 avg 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

"Jahonning eng kuchli jangchisi bo'lmoqchiman". SHahram G'iyosov jahonning nufuzli boks saytiga intervyu berdi

Jahon boksini yoritib boruvchi nufuzli BoxingScene internet sayti hamyurtimiz SHahram G'iyosov bilan intervyu tashkil etdi.

Ushbu intervyuning etiborga molik qismlarini tarjima qilgan holda etiboringizga havola qilamiz. 


Barcha qaytib ketdi, buxorolik G'iyosov qoldi

Bu vaqt oralig'ida barcha ketdi, men esa o'zim qoldim. Bu erda faqat bir o'zim qolgandim. Aslida, buning katta ahamiyati yo'q. CHunki men professionalman va o'z maqsadim sari intilmoqdaman. Bu erda qolib, o'zimni yanada kuchli his qildim. Kitoblar o'qidim, ingliz tilini o'rgandim. Joel Diasning mashg'ulot zalida boshqa mamlakatlardan ham yigitlar bor edi, shuning uchun men o'zimni yolg'iz his qilmadim.

Oilasidan uzoqligi haqida

So'nggi 15 yilda oilamsiz yashayman. Xitoydan tortib Kubagacha bo'lgan mamlakatlarda. Doimo mashg'ulotlarda bo'laman. Bu men uchun xech qanday yangilik bo'lgani yo'q. Oilamni yaxshi ko'raman, ularni sog'inaman. Lekin asosiy maqsadimga erishib, chempion bo'lmagunimcha, boshqa tomonga og'ib ketishni istamayman. Bu mening, bizning orzuimiz. Agar men o'z maqsadimga erishsam, ularga ham yaxshi bo'ladi. 


Navbatdagi jang haqida

Men jang bo'lmasa ham mashg'ulotlar o'tkazdim va formamni ushlab turdim. Mashg'ulotlarda maksimal ravishda katta kuch bilan ishlayman. Olti oydan beri shu erdaman va jangga to'rt hafta qolganida bu haqida xabar topdim. Men ruhiy tomonlama tayyorman. SHunchaki tanamni qiyin jangga tayyorlab bormoqdaman. 




Men barchani ortda qoldira olaman deydiganlardan emasman. Ortimda kuchli jamoa va ikkita yaxshi murabbiy turibdi. Kurashishdan qochmayman. Agar jamoamdagilar bugun kechqurun chempionlik jangi bo'lishi haqida aytishsa, men jang qilishga tayyorman. Jamoamdagilar chempionlik jangi bo'lishi haqida aytishdi, bundan xursandman. 


Eng kuchli jangchi bo'lishni istayman

Ishonch-etiqodga ko'p narsa bog'liq. Men taqvodor musulmon insonman. O'zimga, oilamga, mamlakatim va prezidentimga ishonaman. Meni qo'llab-quvvatlashmoqda. SHubhasiz, men jahonning eng kuchli jangchisi bo'lishni istayman. Bundan boshqa maqsadim yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
03 avg 14:29:55
CHELSEA2211
Oxirgi jumlani öqib tasirlandim tög'risi, omadingni bersin Shaxramjon...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing