06 may 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Jalolov ertaga Toshkentga qaytib keladi
Bugun professional boksdagi debyut jangini o'tkazgan Bahodir Jalolov Toshkentga qaytmoqda.
Xabar berganimizdek, bugun Jalolov AQSHda ilk jangini o'tkazib, unda meksikalik bokschi Ugo Truxiloni uchinchi raundda nokautga uchratgandi. Bahodir jang yakunlanishi bilan engil mashinada Nyu-Yorkka jo'nab ketgan.
Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 10:00da Jalolov Toshkentga qaytib keladi. U bilan birga murabbiy To'lqin Qilichev ham O'zbekistonga qaytyapti. Yana bir murabbiy Ravshan Xodjaev esa Elnur Abduraimovni 18 may kuniga belgilangan debyut jangga tayyorlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar