27 noy 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Jalolov jang qilgan oqshomining markaziy jangi nokaut bilan yakunlandi
AQSHning Kaliforniya shtatida professional boks oqshomi yakunlandi.
Ushbu shou doirasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham jang o'tkazib, Kyortis Xarperni 4-raundda nokautga uchratgandi.
Markaziy jangda superengil vazn toifasi jangchilari Xose Sepeda va Rijis Progreys vakant bo'lib turgan WBC kamari uchun o'zaro to'qnash keldi.
12 raundlik jang 11-raundga kelib yakunlandi. Progreysning zarbalar seriyasiga Sepeda javob qaytara olmadi. Referi esa ushbu vaziyatda jangni to'yxatishga qaror qildi.
SHu tariqa, Progreys 11-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozonib, WBC kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar