15 may 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Jamshid Najmiddinov jangida chuqur nokaut qayd etildi + FOTO
Professional bokschimiz Jamshid Najmiddinov bugun tongda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Dallas shahrida o'tgan prof boks oqshomida Najmiddinov (18-2-0, 14 KO) amerikalik CHarlz Xetli (30-2-1, 21 KO)ga qarshi WBC US kamari uchun ringga ko'tarildi. Jang ikkinchi raundda to'xtatildi. CHarm qo'lqop ustamiz kuchli va aniq zarba bilan tajribali raqibini chuqur nokautga uchratdi va AQSHdagi ilk kamariga ega chiqdi.
Malumot uchun, Najmiddinov shu kungacha prof boksda 21 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 19 tasida g'alaba qozongan. Ikki marotaba imkoniyatni boy bergan. Xetli esa 34 marotaba ringga ko'tarilib, 30 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U mag'lubiyatlaridan birini 2017 yilda Jermell CHarlodan qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar