07 sen 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jang boshidayoq og'riqni his qildim". Siril Gan jarohat oldi
Og'ir vazn toifasida franciyalik UFC jangchisi Siril Gan kamida besh oy oktagonga qaytmaydi.
Ganning so'zlariga ko'ra, u o'ng qo'lini sindirib olgan va yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazadi.
"Jang boshidayoq og'riqni his qildim. Lekin shunga qaramay, jangni davom ettirdim. Operaciya chorshanba kuniga rejalashtirilgan. Jarohat bitishi uchun bir necha oy vaqt ketadi. Mashg'ulotga qaytishim uchun kamida besh oy kerak bo'ladi", – dedi Gan.
Eslatib o'tamiz, Parijda bo'lib o'tgan UFC oqshomida Siril Gan Tai Tuivasani mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar