24 apr 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jangchilar bo'sh qolishdan qo'rqishadi va qopqonga tushib qolishadi" - Frensis Ngannu
UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu MMAda katta pul ishlash uchun noqulay shartnomalardan qo'rqmaslik kerakligini takidladi.
"Imkoniyatlar doim bor. Faqat ularga ochiq bo'lish va erkin bo'lish kerak. Imkoniyat paydo bo'lganda undan foydalanish lozim. Agar doim yomon shartnomalarni imzolab yursangiz, oxirida tuzoqqa tushib qolishingiz mumkin. Bu ko'p jangchilar bilan sodir bo'lgan. Ular bo'sh qolishdan va promoushensiz qolishdan qo'rqadi, har qanday shartnomaga rozi bo'lishadi. Keyin haqiqiy imkoniyat paydo bo'lganda undan foydalana olmaydilar.
Men bilan jang ko'pchilik uchun imkoniyat bo'lar edi, lekin ular o'zlariga maqul bo'lmagan shartnomalarda “qotib” qolgan. Bu esa ularga foyda keltirmaydi. Ammo ularda o'z haqini talab qilishga va erkinligini elon qilishga jurat etishmaydi", — dedi Ngannu.
Havola :
Manba : Blood and Sweat
Fikrlar