10 may 22:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Jangiga bir kun qolganida SHohasan Mirzamatovning raqibi o'zgardi
Ertaga "Humo arena"da MMA bo'yicha Octagon 72 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohasan Mirzamatov eronlik Farzad Gaderi bilan bahs olib borishi kerak edi.
Biroq bugun bo'lib o'tgan vazn o'lchash va face to face marosimida malum bo'lishicha, Mirzamatovning raqibi o'zgargan. Endi SHohasan Qirg'iziston vakili Abilkassim Yakubov bilan jang qiladi. Gaderining turnirda qatnasha olmasligi sababi aytilmagan.
Malumot uchun, 34 yoshli SHohasan faoliyati davomida hozirga qadar 18 ta jang o'tkazib, ularning 14 tasida g'alaba qozongan, 4 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Abilkassim Yakubov hisobida esa 12 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar