So’nggi yangiliklar

10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

13 okt 15:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Jangning "dodasi": Qudratillo mashhur Jessi Vargasga qarshi ringga chiqadi!

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov jahon chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadi.

Faoliyatini mag'lubiyatsiz davom ettirayotgan Qudratillo ayni paytda IBF reytingida 4-o'rinni egallab turibdi. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas esa reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan.

Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, bo'lajak jangda g'alaba qozongan bokschi yarim o'rta vazn toifasi IBF reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oladi. Tashkilot qoidalariga ko'ra reyting peshqadami avtomatik ravishda IBF chempioniga qarshi jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritadi. Hozir bu vaznja Errol Spens amaldagi jahon chempioni bo'lib turibdi. 

Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida (6 oy muddat ichida) chempionlik kamarini himoya qilmagan 25 yoshli charm qo'lqop ustamiz WBC Silver chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi. Abduqahhorov IBF tashkilotiga jangda qatnashish uchun o'z roziligini bildirdi. 

Hozircha 29 yoshli Vargas bu jang yuzasidan o'z javobini aytmagan. Uning ixtiyorida 15 oktyabrgacha vaqt bor. Jessining so'nggi ikki jangi durang natija bilan yakunlangan edi. 

Malumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Tajribali Jessi Vargas esa (28-2-2, 10 KOs) 32ta jangda ringga ko'tarilgan. G'alabalari soni 28ta, 2ta jangda durang natija qayd etgan va yana 2tasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Mag'lubiyatlaridan birini afsonaviy Menni Pakyaodan qabul qilib olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

   
13 okt 18:39:07
Jasur Saidmusayev
Sarvar_Parkentlik foydalanuvchining fikriga javob berish
WBC da ham urinib kørish kerak
Wbc egasi Shon Porter 4ta chempionlar orasida neg kuchsizi hisoblanadi. Gazini bosish kerak bizning bokschilarim va ularni promoturlari. Biroq, wbc da top saviyali bokschilar anchani tashkil qiladi
   
13 okt 18:37:50
Jasur Saidmusayev
Dilshot Solihov foydalanuvchining fikriga javob berish
Endi haqiqat bo'pti. Qudratilla Vargesn ustidan g'alaba qozonishini 85 . 15 yani Qudratilla foydasiga dib hisobliman. Endi yo'l ochildi nasib qilsa chimpiyon bo'vosa WBC gaym urinib ko'radi! Buyodan Shahram WBA da yorib chiqib kesa 66.6 kg kamarlari bizanikide o'rtola INSHAOLLOH.
yaxshi niyat yarim molku-ya, biroq hamyurtlarimizni xurmat qilgan holda, IBF kamari un Qudratilloni Spensga qarshi, Shaxramni esa WBA dagi Kit Turmanga qarshi jang qilishi va ulardan yutishi qiyinovvv. Har ikkalasi ayniqsa, Erol bu vaznda yaqin yillar ichida absolyut chempion bo`ladi
   
13 okt 17:59:00
Dilshot Solihov
Endi haqiqat bo'pti. Qudratilla Vargesn ustidan g'alaba qozonishini 85 . 15 yani Qudratilla foydasiga dib hisobliman. Endi yo'l ochildi nasib qilsa chimpiyon bo'vosa WBC gaym urinib ko'radi! Buyodan Shahram WBA da yorib chiqib kesa 66.6 kg kamarlari bizanikide o'rtola INSHAOLLOH.
   
13 okt 17:15:29
Sarvar_Parkentlik
WBC da ham urinib kørish kerak
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing