14 mar 11:26
Yangiliklar
Janubiy Koreya Olimpiya o'yinlarini KXDR bilan birgalikda o'tkazish g'oyasidan voz kechdi
SHu bilan birga, siyosatchi Janubiy Koreya poytaxti 2036 yilgi o'yinlarni o'tkazish uchun ariza berishini aytdi.
"Koreyaliklar bilan oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan munosabatlar sababli 2032 yilga qadar ushbu strategiya muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi deb taxmin qilyapman", - dedi O Se Xun Reuters agentligiga.
Eslatib o'tamiz, 2032 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarini KXDR bilan birgalikda o'tkazish taklifi bilan maktub Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga (XOQ) 2021 yilda yuborilgan, biroq yakunda Avstraliyaning Brisben shahri bu huquqni qo'lga kiritgan edi.
Avvalroq XOQ bosh direktori Kristof de Kupper 2036 yilgi Olimpiada o'yinlarini o'tkazish uchun 10 davlat davogarlik qilayotganini malum qilgandi.
Fikrlar