26 okt 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Jarohatidan forig' bo'lgan UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev yana mashg'ulotlarga qaytdi + FOTO
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev oyog'idagi jarohatidan so'ng yana mashg'ulotga qaytganini malum qildi.
Hamyurtimiz 4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida braziliyalik Kayo Borralo bilan jang qilishi kerak edi. Biroq u aynan jarohati tufayli jangdan chiqqandi.
"In SHa Alloh, bugundan zalga qaytdim", - deb yozadi o'zining Instgaram sahifasida Ro'ziboev.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev bungacha UFC'da bitta jang o'tkazgan. U o'zining debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani nokautga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar